"Nur izlab" koʻrgazmasi

“Ilhom” teatrida o‘zbek rassomi Muhammaddiyor Mo‘minovning “Nur izlab” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Koʻrgazmada rassomning rang-tasvir namunalaridan tashkil topgan “Nur izlab” nomli debyut turkumi taqdim etilgan. Turkumning asosiy leytmotivi — nomsiz qahramondagi shaxsiyatning oʻzgarishi: bu oʻsish, qabul qilish, ilgari qoʻrqinchli boʻlib tuyulgan narsalarda uygʻunlikni topish haqida tasvirlaydi. Koʻrgazmada rassomning kolleksiyasi va shaxsiy kollektsiyalardagi asarlar namoyish etiladi.
Muhammaddiyor Moʻminov — oʻzbek rassomi, 2003-yil Fargʻonada tugʻilgan. Toshkentdagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutini tamomlagan. “Regeneration Art Space” zamonaviy sanʼat koʻrgazmasi ishtirokchisi. Mo‘minovning ta’kidlashicha, u “go‘yo shivirlab gapirayotgan suratlar yaratadi. Bu suratlar yo‘qotish hissi, lahzaning mo‘rtligi, bizda qoldigan o‘tmishning soyalari haqida soʻzlaydi. men uchun voqealarning oʻzini emas, balki ularning ichimizda qoladigan emotsianal izini yetkazish muhim.
Koʻrgazmaning ish vaqti: 11:00dan 18:00 gacha, seshanbadan yakshanbagacha (dushanba kuni yopiq).
Ko‘rgazma 11-may soat 17:30da ochiladi.
Kirish bepul.
Jadval
- Mark Vayl nomidagi «Ilhom» teatri14-maychorshanbaToshkent, Paxtakor ko‘ch., 5
- Mark Vayl nomidagi «Ilhom» teatri21-maychorshanbaToshkent, Paxtakor ko‘ch., 5
- Mark Vayl nomidagi «Ilhom» teatri28-maychorshanbaToshkent, Paxtakor ko‘ch., 5