Samarqandda "Promotors show"

“Sof Expo Samarkand"da avtomobilsozlik sohasi mutaxassislari va avtomobil sanoatiga qiziquvchilar uchun “Promotors show” xalqaro ko‘rgazma-festivali bo‘lib o‘tadi.
“Sof Expo Samarkand” mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning yangi ishlanmalarini namoyish etish maydoniga aylanadi. Koʻrgazmada avtomobillar (dizel, benzin, elektromobillar), avto ehtiyot qismlar, xizmat koʻrsatish va avtoyuvish uchun uskunalar, avtomobil kimyoviy moddalari, moylar, shinalar, gʻildiraklar, shovqin izolyatsiyasi materiallari, oʻrindiqlar va avtoulovlar namoyish etiladi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilar motosikllar, kvadrosikllar, oziq-ovqat yuk mashinalari, kemping-mashinalar, velosipedlar va faol dam olish uchun jihozlarni koʻrishi mumkin.
Tyuningga ixtisoslashgan kompaniyalar oʻz loyihalarini alohida stendlarda taqdim etadi.
Chipta narxi: 50 000 soʻmdan boshlanadi.
Murojaat uchun ushbu telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish mumkin: (+998) 90−359−4480.