“Koʻzmunchoq-2025” ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Koʻzmunchoq — 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlov va ko‘rgazma bolalarning ijodiy intilishlarini rag‘batlantirish, faol badiiy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish, yorqin ijodkor shaxslarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Joriy yilda Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati (o‘qituvchilari T.Goncharova, N.Rahimova, S.Mahkamova, S.Mo‘minova, X.Qahhorova, N.Xoshimova, K.Igamberdiyeva, L.Adilova, M.Adilova, Sh.Isakjonova) o‘quvchilaridan tashqari, Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilari ham Tanlov-ko‘rgazmada Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham ishtirok etdi.
Kirish bepul.