Anons

"Jadidlar. Turkistonga maktublar" multimedia koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 56
"Jadidlar. Turkistonga maktublar" multimedia koʻrgazmasi

Tashkent City Mall’da jadidlarning ta’lim va ma’rifat sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada turkistonlik talabalarning Germaniyaga o‘qishga yuborilgani haqida hikoya qilinadi.

“Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi keng omma e’tiborini Markaziy Osiyo tarixining muhim bobiga qaratishga yoʻnaltirilgan. Jadidchilik bu yerda 20-asr boshlarida vujudga kelgan ilgʻor oqim sifatida mintaqa taʼlim tizimini isloh qilishda muhim rol oʻynadi.

Koʻrgazma vaqti:

  • chorshanbadan payshanbagacha — 10:00 dan 22:00 gacha;
  • jumadan yakshanbagacha — 10:00 dan 22:00 gacha.

Chipta narxlari:

  • seshanbadan payshanbagacha — 40 000 soʻm;
  • jumadan yakshanbagacha — 60 000 soʻm;
  • maxsus bilim yurtlari va maktab-internatlar oʻquvchilari — kirish bepul;
  • 10 yoshgacha boʻlgan bolalar — kirish bepul.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval