Anons

Mehnat yarmarkasi

E’lon qilingan sana· 138
Mehnat yarmarkasi

Toshkent transport universitetida “Karyera kuni” — yirik davlat va xususiy korxonalar, kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va ish beruvchilar talabalar va bitiruvchilar bilan yuzma-yuz uchrashadigan keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tadi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — professional jamoalar a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi tashkilotlarda o‘z faoliyatini boshlashga tayyor yosh, iqtidorli va tashabbuskor mutaxassislarni topishdan iborat.

Tadbir mehmonlarini quyidagilar kutmoqda:

  • ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish;
  • ish joylarining taqdimotlari;
  • amaliyot oʻtash imkoniyatlari;
  • huquqiy treninglar;
  • davlat xizmatiga kirish koʻnikmalari.

Tadbir soat 09:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval