Anons
"Psixolog tashabbusi" koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 5

Xamar san’at galereyasida Gulnoz Aktamovnaning “Psixolog tashabbusi” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Gulnoz bolalar psixologi bo‘lib, bolalar ruhiyati bilan shug‘ullanadi. Uning ijodi kasbiy yondashuv va qiziqishning uyg‘unligidan iborat. Asarlarida muallif zamonaviylik va milliy an’analarni uyg‘unlashtirib, “jonli materiallar” — tabiiy teri va yog‘ochga jon ato etgan. Taqdim etilayotgan asarlar turli xil texnika va materiallardan foydalanib yaratilgan: akril, moy bo‘yoq, barelyef, epoksid. Har bir chiziq o‘ziga xos uslubda ishlangan.
Ko‘rgazmaning ochilishi 9-iyul kuni soat 10:00da bo‘ladi.
Kirish bepul.
Jadval
9-iyul
chorshanba
Toshkent, Sharof Rashidov sh. k., 40
10-iyul
payshanba
Toshkent, Sharof Rashidov sh. k., 40