Anons

Ruminiya va oʻzbek liboslari koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 64
Ruminiya va oʻzbek liboslari koʻrgazmasi

O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida rumin va o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida o‘zbek dizayni unsurlari qo‘shilgan rumin an’anaviy liboslari ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda. YUNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ramz — rumin kashtasi asosiy o‘rinni egallagan.

To‘plam muallifi o‘zbekistonlik dizayner Marhamat Umarova. U rumin va o‘zbek an’analarini uyg‘unlashtirgan 17 ta libosni taqdim etdi: kashtalar, ikat, atlas, suzana, farg‘onacha yubkalar va buxorocha kamarlar. Ayrim liboslar XIX-XX asrlarga oid.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval