Anons

"Там, где не растут нарциссы: одна история, два взгляда" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 34
"Там, где не растут нарциссы: одна история, два взгляда" koʻrgazmasi

“Nukus89"da yosh o‘zbek rassomi Muhammaddiyor Mo‘minovning “Там, где не растут нарциссы: одна история, два взгляда” shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishi boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazma 11 ta asardan iborat turkumga bagʻishlangan boʻlib, unda bir xil hikoya — yosh ayol va ona hikoyasi — ikki xil hikoyachi talqinida yoritiladi.

Ovozlardan biri qahramonning o‘ziniki, ikkinchisi esa uning taqdirini talqin etuvchi tashqi ovozdir. Qaysi hikoyachi haqiqatni so‘zlayapti, kimga ishonish kerak va har bir asarda kimning ovozi yangramoqda — bu savollarga tomoshabin o‘zi javob beradi.

Ushbu turkumda Mo‘minov asarlarida ilgari yangragan ayol subyekti va uning tashqi cheklovlar bilan to‘qnashuvi mavzusi ilgari hech qayerda taqdim etilmagan yangi manzaralarda o‘zining mujassamlashgan ifodasini topadi.

Ko‘rgazmaning ochilishi 16-avgust kuni soat 20:00 da bo‘lib o‘tadi.

Koʻrgazma ish vaqti:

  • dushanbadan jumagacha — 11:00 dan 01:00 gacha;
  • shanbadan yakshanbagacha — 11:00 dan 05:00 gacha.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval