Foto: O‘rol Tansiqboyev tavalludning 120 yilligiga bagʻishlangan ko‘rgazmasi ochildi

3-sentyabr kuni Tasviriy sanʼat galereyasida O‘rol Tansiqboyev tavalludning 120 yilligiga bagʻishlangan yubiley koʻrgazmasi ochildi. Unda rangtasvir va grafika ustasining O‘zbekiston va Qozog‘istonning yirik muzeylaridan to‘plangan 124 ta asari jamlangan. Ko‘plab asarlar ham mamlakat ichida, ham xorijda ilk bor keng ommaga taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazma 2025-yil bahorida A.Kasteyev nomidagi Qozog‘iston davlat san’at muzeyida boshlangan xalqaro loyihani davom ettirmoqda. Ekspozitsiya Tansiqboyevning butun ijodiy yo‘lini — 1920-yillar oxiridagi dastlabki asarlaridan tortib “iliqlik” davri monumental polotnolarigacha aks ettirilgan.
Ochilish marosimigacha fransuz mutaxassislari ishtirokida 70 dan ortiq kartina keng ko‘lamli restavratsiya qilingan. Italiyaning “Electa Publishing” nashriyoti bilan hamkorlikda ko‘rgazmaning ilmiy katalogi ham tayyorlanmoqda.
O‘rol Tansiqboyev (1904−1974) — O‘zbekiston xalq rassomi, milliy rassomlik maktabining asoschilaridan biri. Uning ijodi rangtasvir, grafika, teatr dizayni va monumental rangtasvirni qamrab olgan. Asarlari O‘zbekiston, Moskva, AQSh va boshqa mamlakatlarda namoyish etilgan. “Oʻzbek portreti” (1934), “Qirmizi kuz” (1931), “Yoʻl” (1935) asarlari mashhur.
Yubiley ko‘rgazma 2025-yil 20-noyabrgacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Quyida koʻrgazmadan suratlarni tomosha qilish mumkin.
