Toshkentda “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 116
Toshkentda “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

21-23 oktyabr kunlari Toshkentda mehmondo‘stlik sanoatida biznes sessiyalari, gastronomik forumlar va B2B uchrashuvlarini birlashtirgan “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

HoReCa Expo Uzbekistan 2025 ishbilarmonlik dasturi O‘zbekistonda turizm, mehmondo‘stlik va restoran biznesining dolzarb tendensiyalari va strategik rivojlanishini muhokama qilish uchun yetakchi ekspert platformalaridan biri maqomini tasdiqlaydi. Ko‘rgazma doirasida tematik sessiyalar, gastronomik munozaralar va B2B uchrashuvlari tashkil etiladi.

Spikerlar sifatida sohaning yetakchi xalqaro ekspertlaridan biri, mehmonxona biznesi, restoranlar, arxitektura va dizayn, shuningdek, texnologik kompaniyalar vakillari jalb qilinmoqda. Tadbir mulkdorlar va boshqaruvchilardan tortib investorlar va developerlargacha bo‘lgan mutaxassislarning keng auditoriyasini to‘playdi.

Unda biznes, hukumat vakillari va ekspertlar HoReCa sektorining asosiy muammolari va imkoniyatlarini muhokama qiladilar. Markaziy mavzu: “Xizmat ko‘rsatish va qulaylikka sarmoya kiritish: HoReCa uchun biznes yechimlar”

Biznes dasturining asosiy mavzulari:

  • “Raqamlashtirish”;
  • “Barqaror rivojlanish”;
  • “Xizmat ko‘rsatish”;
  • “Gastronomik tendensiyalar”;
  • “Kadrlar salohiyatini rivojlantirish”.

Ishbilarmonlik dasturida quyidagilarga alohida e’tibor qaratilgan:

  • smart mehmonxonalar: texnologiyalar mehmonlar tajribasi va operatsion jarayonlarni qanday o‘zgartiradi;
  • xizmat ko‘rsatish va qulaylikka sarmoya kiritish: qaysi yechimlar maksimal foyda keltiradi;
  • dizayn va barqarorlik: ekologik va energiya samaradorligini hisobga olgan holda mehmonxonalar qurish;
  • gastronomik forum: restoran biznesi ekspertlari bilan tanishish uchun noyob imkoniyat;
  • menyu, xizmat ko‘rsatish va marketing bo‘yicha yangi g‘oyalarni olish, shuningdek, professional hamjamiyat darajasida tajriba almashish.

Expo platformasi tajriba almashish, innovatsion mahsulotlarni namoyish etish, eng yaxshi amaliyotlarni muhokama qilish va yangi hamkorliklarni shakllantirish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, HoReCa Expo 2025 O‘zbekistonda turizm va mehmondo‘stlikni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadigan sohaning asosiy voqeasi hisoblanadi.

Tashkilotchi: O‘zbekiston otelyerlar uyushmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi rasmiy ko‘magida

O‘tkazilish sanalari: 21−23-oktyabr.

Manzil: Toshkent shahri, “O‘zekspomarkaz” MKK AJ.

Tadbir O‘zbekistonning professional muloqot uchun yetakchi mintaqaviy platforma sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi va yangi ishbilarmonlik sherikliklarini shakllantirish uchun katalizatorga aylanadi.

Ko‘rgazmaga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Konferensiyaga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Telefon: (+998) 97−144−48−46, (+998) 88−144−42−08.

Sayt: hoteliers.uz
Facebook: fb.com/horecaexpo.uz
Instagram: @horecaexpo.uz

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling