Anons

NeUyat 2025 festivali

E’lon qilingan sana· 168
NeUyat 2025 festivali

Samarqand, Fargʻona va Toshkentda zoʻravonlikka qarshi Nemolchi.uz lohiyasi tomonidan tashkillashtirilgan NeUyat festivali boʻlib oʻtadi. Festival Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida o‘tkaziladi.

NeUyat bu ayollar sukunatni buzadigan, uyatdan xalos bo‘ladigan va o‘z ovozini san’at orqali topadigan maydon. Ko‘rgazmada Lili Altayeva, Negina Aliyeva, Alena Yusupova, Sitora Brejneva, Vetlina Burmistrova, Dinara Babayeva, Marjona Zohidova, Bernara Rustam, Meri Shoniya, Mariam Gajimurodova va Olya Majenko kabi rassomlarning asarlari namoyish etiladi. Ularning ishlari rasm, haykal, video-art, raqamli installyatsiya va perfomanslar — inson ruhiyatiga zo‘ravonlikning ta’sirini, ayollarning og‘riq va qo‘rquvga qaramay, o‘zini qayta tiklash kuchini aks ettiradi.

Jadval:

  • 17-oktabr — 2-noyabr — Samarqand, ArtStation Residency
  • 6−20 noyabr — Farg‘ona, Amulet galereyasi
  • 23-noyabr — 12-dekabr — Toshkent, Bonum Factum Gallery

Barcha asarlar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

Kirish bepul. Yosh chegarasi — 18+.

17-oktabrdan 12-dekabrgacha
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling