Anons
“Buyuk ipak yo‘li ufqida” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 32

Oʻzbekiston Badiiy akademiya galereyasida “Buyuk ipak yo‘li ufqida” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmada Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay san’at muzeyi rassomlari va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “Rasm ustaxonasi” stajyor-tadqiqotchilarining asarlari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmadan ikki madaniyatning o‘zaro ijodiy hamkorligini aks ettiruvchi ellikdan ortiq kartina o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlar rang va chiziq, yorug‘lik va soya, tasvir va shakl orqali xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy uyg‘unlik tuyg‘usini ifodalaydi. Bu badiiy manzaralar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, tinchlik va madaniy almashinuvning ko‘rgazmali tarixiga aylanadi.
Koʻrgazmaning ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha.
Kirish bepul.
29-oktabrdan 20-noyabrgacha
Toshkent, Sodiq Asimov ko‘ch., 35