Anons

Lahza koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 42
Lahza koʻrgazmasi

Samarqandda joylashgan Art Station rezidensiyasida Lahza koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazma kundalik hayotning parchalari — imo-ishoralar, qarashlar, harakatlar, narsalar va kayfiyatlardan iborat. Vaqt o‘tishi va insoniyatning tabiat, o‘tmish va kelajak bilan uzviy bog‘liqligini anglatuvchi suv ko‘plab asarlarda markaziy element hisoblanadi.

Ko‘rgazmada Engage H2O yozgi kino va fotografiya maktabi ishtirokchilari tomonidan yaratilgan 50 ta asar — fotosuratlar, slayd-shou va filmlar o‘rin olgan. Ular birgalikda nozik xotira xaritasini tashkil qiladi, unda har bir kadr inson hayotidagi bir lahzaning guvohiga aylanadi.

Loyiha Yevropa Ittifoqi ko‘magida O‘zbekiston kino havaskorlari uyushmasi (UAFMA) tomonidan amalga oshirildi. Yozgi kino va fotografiya maktabi 2025-yilning avgust va sentyabr oylarida Namangan va Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz bo‘ylab 8 nafar yosh kinoijodkor tajribali murabbiylar rahbarligida suv va ekologiya mavzusiga bag‘ishlangan loyihalarni yaratdi. Trening davomida ishtirokchilar kompozitsiya, yorug‘lik, zamonaviy tasvir madaniyati, hikoya qilish asoslarini puxta egalladi, personajlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdi, badiiy dunyoqarashini shakllantirdi.

Koʻrgazmaning ochilishi 4-noyabr kuni soat 18:00 da boʻlib oʻtadi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Lahza koʻrgazmasi — Toshkent Afishasi