London shahridagi yirik koʻrgazmada Oʻzbekiston stendi oʻrnatildi

E’lon qilingan sana· 76
London shahridagi yirik koʻrgazmada Oʻzbekiston stendi oʻrnatildi

Angliyaning London shahrida oʻtkazilayotgan turizm boʻyicha yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalardan biri boʻlgan “World Travel Market London — 2025"da Oʻzbekiston milliy stendi oʻrnatildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, milliy stend Turizm qoʻmitasi, Londondagi Oʻzbekiston elchixonasi va “Milliy PR-markazi” ko‘magida tashkil etilgan. Unda 10 dan ortiq milliy sayyohlik kompaniyasi va Oʻzbekiston hunarmandlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Shuningdek, milliy stend doirasida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi. Unda tashrif buyuruvchilar mamlaktning boy madaniy va tarixiy merosi, qadimiy shaharlari, mehmondo‘stlikning zamonaviy rivojlanishi va infratuzilmalar haqida batafsil ma’lumot olgan.

“WTM London” turizm sohasidagi yirik va ommabop xalqaro ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, ushbu sohadagi xizmatlarning deyarli barcha turlarini taqdim etadi. “WTM” 1980-yildan buyon har yili Londonda oʻtkaziladi. Oʻzbekiston esa 2009-yildan beri ushbu tadbirda muntazam ishtirok etib keladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling