Anons

"Jadidlar. Turkistonga maktublar" multimedia koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 174
"Jadidlar. Turkistonga maktublar" multimedia koʻrgazmasi

Tashkent City Mall’da jadidlarning ta’lim va ma’rifatdagi tashabbuslariga bag‘ishlangan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada turkistonlik talabalarning Germaniyaga o‘qishga yuborilgani haqida hikoya qilinadi.

“Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi keng omma e’tiborini Markaziy Osiyo tarixining muhim bobiga qaratishga qaratilgan. Jadidchilik XX asr boshlarida vujudga kelgan ilgʻor oqim sifatida mintaqa taʼlim tizimini isloh qilishda muhim rol oʻynadi.

Koʻrgazma vaqti:

  • jumadan yakshanbagacha — 10:00 dan 22:00 gacha.

Chipta narxlari:

  • jumadan yakshanbagacha — 60 000 soʻm;
  • maxsus maktablar va maktab-internatlar oʻquvchilari uchun bepul;
  • 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga bepul.

Murojaat uchun telefon raqamlari telefonlari: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling