Anons

"Nigoh" fotokoʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 118
"Nigoh" fotokoʻrgazmasi

Community Coffee’da “Nigoh” fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Ushbu koʻrgazma Xalqaro inklyuziv hab talabalari nigohi bilan Eski shaharning ijodiy izlanishidir. Fotograflar Ildar Sodiqov va Sergey Pogosyan rahbarligida bir joyda ishlagan ishtirokchilar butunlay boshqacha vizual hikoyalarni yaratdilar: odamlar va ularning his-tuyg‘ulari, arxitektura ritmi, tor ko‘chalar grafikasi va yorug‘lik o‘yini.

Bu fotosuratlar shunchaki lavhalar emas, balki har bir muallifning oʻziga xos shaxsiy kuzatuvlari va his-tuyg‘ulari bilan to‘yingan, betakror, chuqur va samimiy nigohdir.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling