Anons

Iqbol koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 117
Iqbol koʻrgazmasi

Andakulova Gallery’da Sardor Erkinovning “Iqbol” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Sardor Erkinov o‘zining “Iqbol” nomli yangi shaxsiy ko‘rgazmasini namoyish etmoqda. Bu gullardan, nurdan va ichki sukunatdan dunyoga kelgan qizlar haqidagi asarlar turkumidir — quvonch va ayriliq soyasi uyg‘unlashgan go‘zallikni tasvirlovchi ijod namunalari jamlangan.

Rassomning fikriga koʻra, har bir rasm nafas va xotira oʻrtasida joylashgan tasvir, vizual tajribaga aylangan sokin lahzadir.

Koʻrgazmaning ochilishi 15-dekabr kuni soat 18:00 da boʻlib oʻtadi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Iqbol koʻrgazmasi — Toshkent Afishasi