Teplo Winter Fest: Toshkentdagi yirik qishki festival

E’lon qilingan sana· 152
Teplo Winter Fest: Toshkentdagi yirik qishki festival

Bu qishda Toshkent yana Teplo Winter Fest 2025 bilan iliqlik va bayramona kayfiyatga to‘ladi. Festival 26−28-dekabr kunlari Uzekpomarkaz maydonida bo‘lib o‘tadi va qish mavsumining eng iliq tadbirlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Teplo Winter Fest ijod, musiqa, gastronomiya va o‘ziga xos shinam muhitni birlashtirib, eng sovuq kunlarda ham quvonchni his qilish mumkin bo‘lgan makon yaratadi. Bu shunchaki festival emas — bu ilhom va jonli hissiyotlar maskani.

Tadbirning markaziy qismi 150 dan ortiq mahalliy brendlarni namoyish etuvchi katta bayram bozor boʻladi. Unda mahalliy dizaynerlar va zamonaviy hunarmandlar ushbu muhim tadbir uchun maxsus tayyorlangan eksklyuziv kolleksiyalarini taqdim etadi.

Festival dasturi:

26-dekabr:
  • 12:00 — fon musiqasi;
  • 14:00 — “Qahramonlar davri” kitoblar turkumi muallifi Madina Moʻminovaning “Quyosh tabassumlari” hikoyalari mutolasi;
  • 14:30 — fon musiqasi;
  • 15:00 — inklyuziya boʻyicha pablik-takl va IIHub taqdimoti;
  • 16:00 — fon musiqasi;
  • 16:40 — asosiy archani yoqish;
  • 17:00 — Laliddin;
  • 17:45 — boshlovchi chiqishi;
  • 18:00 — Tashkent Music Jam — Elina Sattarovaning musiqiy loyihasi bo‘lib, u vokalistlar va musiqachilarni birgalikda ijro va improvizatsiya uchun birlashtiradi. Yangi boshlayotga ijrochilar va professional musiqachilar sahnaning o‘zida tanishib, pop, soul va jazz yo‘nalishlarida kuylashadi.
    House Band: Yegor Vinnikov — klavishlar, Semyon Konov — gitara, Hansli Poynen — zarbli cholg‘ular, Andrey Galayan — bas.
  • 19:10 — boshlovchi chiqishi;
  • 19:20 — Show Today;
  • 19:30 — Doppi Twins;
  • 20:30 — fon musiqasi.

27-dekabr

  • 12:00 — fon musiqasi;
  • 14:00 — bolalar bilan mashgʻulot (Madina Moʻminova);
  • 15:00 — inklyuziv dastur;
  • 15:30 — bolalar bilan mashgʻulot (Saida Rashidova);
  • 16:00 — fon musiqasi / boshlovchi chiqishi;
  • 16:20 — “Fantastik laboratoriya”;
  • 16:50 — boshlovchi chiqishi;
  • 17:10 — INTRD raqs fleshmobi;
  • 17:30 — boshlovchi chiqishi;
  • 17:45 — UCHQUN 3;
  • 19:30 — boshlovchi chiqishi;
  • 19:45 — Loud373;
  • 20:45 — dastur yakuni.

28-dekabr

  • 12:00 — fon musiqasi;
  • 13:00 — bolalar bilan mashgʻulot (Madina Moʻminova);
  • 13:30 — fon musiqasi;
  • 14:00 — inklyuziv dastur;
  • 14:30 — MocTab;
  • 15:30 — eng yaxshi liboslar tanlovi;
  • 16:00 — Show Today;
  • 16:45 — boshlovchi chiqishi;
  • 17:05 — Jazzirama;
  • 17:50 — boshlovchi chiqishi;
  • 18:10 — Madinabonu;
  • 18:50 — boshlovchi chiqishi;
  • 19:00 — immersiv spektakl (5 hikoya), raqs va xor chiqishi.

Shuningdek, festival doirasida mehmonlarni quyidagilar kutmoqda: Erudit tomonidan bolalar uchun mahorat darslari, o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlar; Dafna tomonidan mahorat darslari va fotozonalar; pryaniklar bezash bo‘yicha mahorat darslari; turli fotozonalar; Coca-Cola tomonidan taqdim etilgan ovqatlanish maydoni; sovg‘alarni o‘rash stansiyasi; Yandex fotozonasi; ilovani yuklab olganlar uchun bepul popkorn; tilaklar yozish uchun lentalar zonasi; shuningdek, Teplo Store tomonidan yangi yil bezaklarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi hamda BI tomonidan axborot zonasi va fotozona.

Sana: 26−27−28-dekabr.
Qayerda: Oʻzekspomarkaz.
Vaqt: 12:00—21:00 .

Chiptalar narxi: kattalar uchun 60 000 soʻm va 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 30 000 soʻm. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul. Chiptalarni kirish joyidan yoki Afisha.uz'dan ushbu havola orqali sotib olish mumkin.

Afisha.uz Teplo Winter Fest 2025 ning rasmiy axborot hamkori hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling