Anons
"Hadis izidan" koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 443

Toshkentdagi NBU galereyasida O‘zbekiston xalq rassomi Fayzulla Ahmadaliyevning “Hadis izidan” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ekspozitsiyada rassomning turli yillarda yaratilgan 80 dan ortiq asarlari, jumladan, 2024-yilda chizilgan yangi kartinalari namoyish etilgan.
Ko‘rgazma rangtasvir, kollaj, applikatsiya va videoinstallyatsiyalar orqali ruhiy izlanish, so‘fiyona an’ana va madaniy xotira mavzularini yoritadi. Muallif ijodida akademik maktab sharqona ramziylik va zamonaviy badiiy yechimlar bilan uyg‘unlashadi.
Kirish narxi:
- kattalarga — 30 000 soʻm;
- talabalarga — 15 000 soʻm;
- maktab oʻquvchilari va pensionerlarga — 10 000 soʻm;
- 7 yoshgacha bolalar uchun — bepul.
12dan 26-yanvargacha
Toshkent, Buyuk Turon ko‘ch., 2