Anons
“Alisher Navoiy. Davrlar muloqoti” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 214

NBU Tasviriy san’at galereyasida Nikolay Shin ijodiga bag‘ishlangan noyob ko‘rgazma boʻlib oʻtmoqda.
Ko‘rgazmada rassomning mashhur “Rekviyem. Xotira yo‘li” va “Muhabbat haqida afsona” turkum asarlari hamda Alisher Navoiy siymosiga bag‘ishlangan grafik va rangtasvir ishlaridan 40 ga yaqin asar namoyish etilmoqda. Shin asarlarida shaxsiy xotira va tarixiy voqealar, insoniy tuyg‘ular va dard, muhabbat, qadr-qimmat va yolg‘izlikning iztiroblari uyg‘unlashadi. Ko‘rgazmada rassomning Navoiy siymosini talqini, shuningdek, oilaviy va tarixiy xotira motivlari orqali o‘ziga xos “davrlar uchrashuvi” yuz beradi.
Kirish bepul.
9dan 21-fevralgacha
Toshkent, Buyuk Turon ko‘ch., 2