"Men otkritka emasman" fotokoʻrgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida Natalya Ilyinaning “Men otkritka emasman” fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Natalya Ilyinaning “Men otkritka emasman” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi — bu go‘zallikni idrok etishdagi yaltiroq standartlar va odatiy qoliplardan tashqarida ayol kimligini tadqiq etishga bag‘ishlangan badiiy loyihadir.
Loyiha asosini real ayollarning portretlar turkumi tashkil etadi. Unda diqqat markaziga dekorativlik va tashqi joziba emas, balki jonli hissiyot, xarakter, kuch va ojizlik qo‘yilgan. Har bir qahramon o‘z tarixi, ichki olami va turlicha bo‘lish huquqiga ega shaxs sifatida gavdalanadi.
Koʻrgazma nomi uning asosiy gʻoyasini aks ettiradi: ayol “otkritka” yoki estetik iste’mol ob’ekti emas, balki oʻz ovozi va mavjudligiga ega mustaqil sub’ektdir.
Koʻrgazmaning ish vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha (dushanbadan tashqari).
Kirish bepul.
