Oʻzbekiston Milan Design Week 2026 festivalida "Oʻrik gullaganda" koʻrgazmasi bilan qatnashadi

E’lon qilingan sana· 112
Oʻzbekiston Milan Design Week 2026 festivalida "Oʻrik gullaganda" koʻrgazmasi bilan qatnashadi

Italiyaning Brera tumanidagi “Palazzo Citterio” saroyida 20−26 aprel kunlari Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Milan Design Week 2026 doirasida “O‘rik gullaganda” (When Apricots Blossom) nomli ko‘rgazma bilan ishtirok etadi. Bu hadqa Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Jamg‘arma raisi Gayane Umerova loyihada ishtirok etish uchun o‘n ikki nafar mahalliy va xalqaro dizayner hamda o‘zbek hunarmandlarini taklif etdi. Loyiha taylandlik me’mor Kulapat Yantrasastning konsepsiyasi va muhofizlik qarashlari asosida yaratilgan. Ekspozitsiya yog‘och, ipak, namat, keramika va qamish kabi tabiiy materiallar orqali Orol dengizi mintaqasining hunarmandchilik an’analari, madaniyati va ekologik tarixini poetik talqinda yoritadi.

Shuningdek, ko‘rgazma bilan bir qatorda Orol madaniyat sammiti va “Orol maktabi” tashabbuslari ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, dastur davomida mintaqaning ijtimoiy va ekologik voqeligini aks ettiruvchi maxsus yaratilgan “Suv tugaydigan joy” (Where the Water Ends) nomli film ham namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling