Anons
"Osiyo" koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 126

Toshkent fotosuratlar uyida Talgat Mirrahimovning “Osiyo” nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Qirg‘iziston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, “Danq” ordeni sohibi Talgat Mirrahimovning rangtasvir va grafika asarlaridan iborat shaxsiy ko‘rgazmasi. Ekspozitsiyadan rassom ijodiy yo‘lining turli davrlarini qamrab olgan 100 dan ortiq rangtasvir va grafika asarlari o‘rin olgan. Bu asarlari MDH va Yevropaning davlat muzeylari hamda shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan qirg‘izistonlik musavvir ijodining keng retrospektivasini ko‘rish uchun noyob imkoniyatdir.
Koʻrgazmaning ochilish marosimi: 7-aprel, 17:00.
Kirish bepul.
7dan 17-aprelgacha
Toshkent, Istiqbol ko‘ch., 4