"Га га гой" koʻrgazmasi

Ilhom teatri oʻzining 50 yilligi munosabati bilan qozogʻistonlik rassom Aisha Baktigulning “Га га гой” koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Aisha Baktigul — abstraksiya janrida ishlovchi neyrodivergent rassom. U rassom Arystanbek Shalbayevida tahsil olgan, u esa Aishaning noyob ijodiy yondashuvini alohida ta’kidlaydi. Aishaning ishlari allaqachon Qozog‘istonning yirik muzeylarida namoyish etilgan, hozirda esa u T. Jurgenov nomidagi Qozog‘iston Milliy san’at akademiyasida tahsilini davom ettirmoqda va Adamdart teatri laboratoriyasida ishtirok etmoqda.
“Га га гой” ko‘rgazmasi tilgacha bo‘lgan idrokka murojaat qiladi: bu — sof his-tuyg‘ular makoni bo‘lib, unda tovush, rang va ritm mantiq va tahlildan ustun turadi. Rassomning ishlari maxsus talqin yoki “yechim” talab qilmaydi — aksincha, tomoshabinga abstrakt obraz bilan intuitiv va emotsional aloqaga kirishish imkonini beradi.
Kirish bepul.
