Anons

“Buloqsuv daraxtlari raqsi” koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 30
“Buloqsuv daraxtlari raqsi” koʻrgazmasi

Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Ildar Fatxulinning “Buloqsuv daraxtlari raqsi” nomli shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Koʻrgazmada musavvirning turli yillarda ishlagan 60 ga yaqin asarlar namoyish qilindi. Ildar Fatxulin — 1956 yil 26 iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Rassomning juda koʻp ishlari respublikamizning muzey va galereyalarida hamda chet el shaxsiy kollektsiyalarida saqlanadi.

2000 -2014-yillarda Chexiya Respublikasida yashagan rassom Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda Chexiya va Oʻzbekiston madaniyatini turli mamlakatlarda ommalashtirish uchun koʻp ishlarni amalga oshirdi. Rassomning ijodi oʻziga xos boʻlib, u qalin oʻrmonlar, cheksiz daraxtlarni kezadi va ularni polotnolarga koʻchiradi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling