Anons

MotorFest 2026

E’lon qilingan sana· 176
MotorFest 2026

CAEx Uzbekistan koʻrgazma markazida MotorFest 2026 avtofestivali boʻlib oʻtadi.

MOTORFEST 2026 — yirik xalqaro avtomobil tadbirlaridan biri bo‘lib, professional avtosport, zamonaviy texnologiyalar va tomoshabop shouni bir maydonda jamlaydi. Festival noyob avtomobillar va minglab tomoshabinlarni bir joyga to‘playdi.

Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan:

  • NAFKU homiyligida Markaziy Osiyo drift kubogi;
  • O‘zbekiston virtual poygalar chempionati (Assetto Corsa Competizione);
  • 150 dan ortiq noyob avtomobillar;
  • professional avtosport musobaqalari;
  • soha vakillari va media mehmonlar;
  • 30 dan ortiq fud-kort va turli oshxonalar.

Chipta narxi: 80 000 soʻmdan 600 000 soʻmgacha.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling