"Qoʻg'irchoqlar" ko‘rgazmasi

Astronomy Park hududidagi ARTepa Gallery’da shveysariyalik rassom Peter Aerschmannning “Qoʻg'irchoqlar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi boʻlib oʻtadi.
Rassom 20 yildan ortiq vaqt davomida video installyatsiyalar va raqamli “jonli kartinalar” orqali inson xatti-harakatlarini tadqiq qilib keladi. Uning asarlaridagi qahramonlar bir xil harakatlarni qayta-qayta takrorlaydi. Bu esa texnologiyalar, ijtimoiy me’yorlar, iqtisodiy jarayonlar va ekologik inqirozlarning kundalik hayotga ta’sirini aks ettiradi.
Ko‘rgazmaning markaziy mavzularidan biri ekologiya bo‘lib, u tabiat obrazi sifatida emas, balki kundalik odatlar va qarorlarning atrof-muhitga ta’siri orqali yoritiladi. Takrorlanish, sikllilik va sekin harakat orqali loyiha iste’mol, mas’uliyat va o‘zgarishlar zarurati haqida mushohada yuritishga chorlaydi.
Ochilish marosimi: 20-may kuni soat 19:00.
Kirish bepul.
