Pharma Eurasia & MedTech 2026: Toshkentda farmatsevtika sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

20-22 may kunlari Toshkent Pharma Park’da Pharma Eurasia & MedTech 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Platforma farmatsevtika va tibbiyot uchun yechimlar ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va yetkazib beruvchilarni birlashtiradi.
Pharma Eurasia & MedTech — bu MDH va Yevrosiyo farmatsevtika hamda tibbiyot tarmog‘i uchun keng ko‘lamli platforma bo‘lib, u sog‘liqni saqlash sohasining eng jadal rivojlanayotgan bozorlaridan birida jahon ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlari va texnologik yechim yetkazib beruvchilarini birlashtiradi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ko‘magida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmada quyidagi yo‘nalishlar taqdim etiladi:
- API (farmatsevtik substansiyalar), dori shakllari va jeneriklar;
- dori vositalarini ishlab chiqarish uchun uskunalar va texnologiyalar;
- qadoqlash uskunalari, materiallari va yechimlari;
- farmatsevtika sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (R&D), klinik sinovlar va tartibga solish xizmatlari;
- ta’minot zanjiri, tarqatish va logistika;
- kosmetologiya yo‘nalishi: dori vositalari va asboblar;
- biologik faol qo‘shimchalar (BFQ);
- tibbiy gospitallar.
Ko‘rgazmada ishtirok etish va tashrif buyurish bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi telefonlar orqali olish mumkin: (+998) 95−855−0147, (+998) 90−957−1507.
Reklama huquqlari asosida.