Anons

“Mening maktabim — har bir bola uchun” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 53
“Mening maktabim — har bir bola uchun” ko‘rgazmasi

Ikuo Hirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida inklyuziv ta’lim g‘oyalariga bag‘ishlangan “Mening maktabim — har bir bola uchun” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Koʻrgazmada O‘zbekistonning turli hududlaridan bolalar yaratgan rasmlar, insholar, fotosuratlar va videolavhalar jamlangan. Ushbu ko‘rgazma har bir bola sifatli ta’lim olish, o‘z salohiyatini namoyon etish va jamiyat hayotida teng ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi muhim g‘oyalarni yoritadi.

Ekspozitsiya orqali bolalar o‘z orzularidagi maktabni, ta’limdagi tenglik va do‘stona muhit haqidagi tasavvurlarini namoyish etadilar.

Kirish bepul.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling