Anons

CTRL+ART yoshlar koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 124
CTRL+ART yoshlar koʻrgazmasi

Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida (NBU) “CTRL+ART” yoshlar koʻrgazmasining ochilishi boʻlib oʻtadi. Ushbu loyiha yosh rassomlarning zamonaviy global oʻzgarishlar haqidagi tasavvurlarini aks ettiruvchi vizual tadqiqotdir.

Tadbir doirasida Nr Art School bilan hamkorlikda “Inside Art” maxsus loyihasi oʻtkaziladi. U blogerlar, ommaviy axborot vositalari va kontent yaratuvchilar uchun besh kunlik seminar shaklida boʻlib oʻtadi. Ustozlar rahbarligida ishtirokchilar toʻgʻridan-toʻg'ri voqea joyidan intervyular, reportajlar, foto va video kontent yaratadilar.

Ochilish kuni barcha tashrif buyuruvchilar uchun kirish bepul.

Chiptalar narxi (koʻrgazmaning ikkinchi kunidan boshlab):

  • kattalarga — 30 000 soʻm;
  • talabalarga — 15 000 soʻm;
  • maktab oʻquvchilari va pensionerlarga — 10 000 soʻm;
  • 7 yoshgacha bolalar uchun — bepul.

Ish vaqti :

  • seshanbadan shanbagacha — soat 10:00 dan 18:00 gacha (kirish soat 17:30 gacha);
  • dam olish kunlari dushanba va yakshanba.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−209−8015.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling