O‘zbekiston xalq rassomi Nadejda Kashina tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
E’lon qilingan sana: · 54

Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida 10-iyul kuni O‘zbekiston xalq rassomi Nadejda Kashina tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan “Bizning meros” turkumidagi shaxsiy ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmadan rassomning rangtasvir va grafika yo‘nalishida yaratilgan 50 ta asari o‘rin olgan. Ekspozitsiyaga asosan XX asrning 1940-yillaridan keyingi davrga mansub ijod namunalari qo‘yilgan bo‘lib, ular rassomning O‘zbekiston tabiati, xalq hayoti va milliy qadriyatlarni aks ettirgan asarlarini o‘z ichiga oladi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazma san’at ixlosmandlari, ijodkorlar va talaba-yoshlarga Nadejda Kashinaning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.



