Anons
Gyote institutida yosh rassomlar uchun San’at Up dasturi
E’lon qilingan sana: · 148

Gyote-Institut San’at Up nomli yangi ko‘rgazma formatini yo‘lga qo‘ymoqda. Loyiha O‘zbekiston va Tojikistonning ijodiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh rassomlarini birlashtiradi.
San’at Up ko‘rgazma, ta’lim va kommunikatsiya platformasi sifatida faoliyat yuritadi. Platforma yosh ijodkorlarga o‘z g‘oyalarini professional muhitda rivojlantirish va keng jamoatchilikka taqdim etish imkonini beradi.
Loyihaning ilk ishtirokchilari sifatida multidisiplinar rassom Ezosa Zokirjonova, rangtasvirchi Farangiz Tashtemirova va teatr hamda kino rassomi Anna Grigoryants tanlab olindi.
Ko‘rgazma ochilishi munosabati bilan Gyote bog‘ida Onbr guruhi jonli konsert dasturi bilan chiqish qiladi.
Kirish bepul.
Jadval
16-iyuldan 15-dekabrgacha
19:00