Nukusda Orol madaniyati sammiti o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 30
Nukusda Orol madaniyati sammiti o‘tkaziladi

11−13-sentabr kunlari Nukus shahrida Orol madaniyati sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda davlat rahbari tanishgan madaniyat va san’at sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimotida ma’lum qilindi.

Sammit madaniyat, ilm-fan, me’morlik, dizayn va ekologiya sohalari vakillarini bir maydonda jamlaydi. Ishtirokchilar Orolbo‘yi hududining barqaror rivojlanishi, madaniy merosni asrash va zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha fikr almashadi.

Shuningdek, 2027-yil yanvar oyida “Aral School” xalqaro dasturining Orol dengizi havzasi iqlimi va landshaftiga bag‘ishlangan yangi mavsumi boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha hududni ilmiy va ijodiy nuqtai nazardan o‘rganishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling