Tashkent Design Week — dizayn haftaligi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 45
Tashkent Design Week — dizayn haftaligi bo‘lib o‘tadi

Tashkent Design Week Yangi Toshkent kelajagiga bag‘ishlangan ikkinchi mavsumni e’lon qildi.

26-oktabr-1-noyabr kunlari poytaxtda arxitektorlar, dizaynerlar, urbanistlar, tadqiqotchilar va kreativ industriya vakillarini birlashtiradigan asosiy maydonga aylanadi. Dastur shahar kelajagini shakllantirishda dizayn va arxitekturaning o‘rnini muhokama qilishga bag‘ishlanadi.

Dastur doirasida shahar bo‘ylab ko‘rgazmalar, ommaviy suhbatlar, taqdimotlar va maxsus loyihalar, shuningdek, xalqaro hamkorlar va mahalliy professional hamjamiyat bilan birgalikda amalga oshiriladigan sohaviy tashabbuslar o‘tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling