Anons
Andakulova Gallery’da “Z avlod” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 39

Andakulova Gallery’da “Z avlodi” nomli yosh rassomlarning jamoaviy ko‘rgazmasi ochiladi.
Ekspozitsiyada san’at oliygohlari bitiruvchilari hamda professional ijod yo‘liga endigina qadam qo‘yayotgan yosh mualliflarning asarlari jamlangan. Ko‘rgazma yangi iste’dodlarning shakllanish jarayonini kuzatish, ijodiy tajriba va mualliflik uslubi zamonaviy san’at makonida qanday uyg‘unlashayotganini ko‘rish imkonini beradi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 25-iyul kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kirish bepul.
Jadval
25-iyuldan 9-avgustgacha
Toshkent, Botir Zokirov ko‘ch., 7, 1-chi qavat