Anons
Sharqona bozor
E’lon qilingan sana: · 45

Seoul Mun’da Sharqona bozor ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari:
- o‘zbek milliy buyumlari: qo‘g‘irchoqlar, kiyimlar, shaxmat to‘plamlari;
- uy va interyer uchun aksessuarlar: pannolar, yostiqlar, vazalar, xushbo‘y shamlar, matodan yasalgan gullar;
- kosmetika mahsulotlari: sovunlar, yuz va tana parvarishi vositalari;
- suvenirlar, sovg‘alar, o‘yinchoqlar va breloklar;
- zargarlik buyumlari;
- uy uchun tekstil mahsulotlari: dekorativ yostiqlar va pledlar;
- tabiiy charm mahsulotlari: rasmlar, sumkalar, poyabzallar, kamarlar, hamyonlar, hujjat g‘iloflari, fotoalbomlar va soch bezaklari;
- tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan buyumlar: stollar, stullar, chiroqlar, kitob tagliklari, qutilar, nard va shaxmat to‘plamlari;
- gul kompozitsiyalari: gullardan yasalgan o‘yinchoqlar va savatlar;
- turli aksessuarlar.
Yarmarka doirasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkaziladi.
Mahorat darslarida ishtirok etish narxi: 30 000 so‘mdan 300 000 so‘mgacha.
Yarmarkaga kirish bepul.
Murojaat uchun: (+998) 93−396−7876.
Jadval
1dan 2-avgustgacha
Toshkent, Сеул ko‘ch., 183