Anons

“Automechanika Tashkent 2026” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 9
“Automechanika Tashkent 2026” ko‘rgazmasi

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida avtomobil sanoatiga bag‘ishlangan “Automechanika Tashkent 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Automechanika Tashkent O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi avtomobil ehtiyot qismlari, uskunalari va xizmatlariga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazma hisoblanadi. O‘tgan yili unda 15 mamlakatdan 489 ta kompaniya ishtirok etgan va 20 mingdan ortiq tashrif buyuruvchi qatnashgan.

Ko‘rgazma Comtrux Tashkent, Eurasian Construction Technology va Tashkent International Auto Show bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Shu sababli bitta chipta orqali to‘rtta ko‘rgazmaga tashrif buyurish mumkin.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • ehtiyot qismlar va avtokomponentlar;
  • elektronika va aloqa tizimlari;
  • aksessuarlar va tyuning;
  • diagnostika va ta’mirlash;
  • moylar, surkov materiallari va avtokimyo mahsulotlari;
  • dilerlik markazlari va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarini boshqarish;
  • avtomobil yuvish va parvarishlash vositalari;
  • shinalar va g‘ildirak disklari;
  • kuzov ta’miri va bo‘yash ishlari.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 55−515−0522.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling