Anons

Beautyworld Tashkent ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 14
Beautyworld Tashkent ko‘rgazmasi

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida go‘zallik sanoatiga bag‘ishlangan Beautyworld Tashkent xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Beautyworld — Messe Frankfurt xalqaro loyihasi bo‘lib, u ilk bor Toshkentda tashkil etilmoqda. Ko‘rgazmada kosmetika va atir-upa ishlab chiqaruvchilari, salon uskunalari yetkazib beruvchilari hamda go‘zallik sohasi mutaxassislari bir maydonda jam bo‘ladi.

Ishbilarmonlik dasturidan mahorat darslari, tirnoq servisi va sartaroshlik bo‘yicha chempionatlar, brendlar taqdimotlari hamda distribyutorlar bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • teri parvarishi vositalari va dekorativ kosmetika;
  • atir-upalar;
  • professional salon uskunalari;
  • tirnoq industriyasi;
  • soch parvarishi va stailing;
  • SPA, wellness va sog‘lomlashtirish muolajalari.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 55−515−0522.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling