Anons

CAEx Baraka Friday 2026 yarmarkasi

E’lon qilingan sana· 0
CAEx Baraka Friday 2026 yarmarkasi

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida CAEx Baraka Friday 2026 yangi yil oldi yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Yarmarkada 100 dan ortiq sotuvchi ishtirok etib, turli mahsulotlarni 70 foizgacha chegirma bilan taqdim etadi. Bir maydonda mashhur brendlar, do‘konlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar jam bo‘ladi.

Tashrif buyuruvchilar kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, maishiy texnika, elektronika, mebel, kosmetika va atir-upalarni xarid qilishlari mumkin.

Savdolardan tashqari mehmonlarni mahorat darslari, turli ko‘ngilochar tadbirlar va bayramona muhit kutmoqda. Tashkilotchilar to‘rt kun davomida qariyb 9 ming nafar tashrif buyuruvchini qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Kirish bepul.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 78−113−3333.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling