Anons
CAEx Food & Horeca 2027 ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 38

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida CAEx Food & Horeca 2027 uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
CAEx Food & Horeca oziq-ovqat mahsulotlari, qadoqlash, qayta ishlash texnologiyalari va mehmondo‘stlik sanoatiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi. Unda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari, uskunalar yetkazib beruvchilari, mehmonxonalar, restoranlar va keytering sohasi vakillari bir maydonda jam bo‘ladi.
Dasturdan degustatsiyalar, yangi mahsulotlar taqdimotlari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va mintaqa mamlakatlaridan xaridorlar o‘rtasidagi biznes muzokaralari o‘rin olgan.
Ko‘rgazma yo‘nalishlari:
- oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar;
- novvoychilik va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
- HoReCa sohasi — mehmonxonalar, restoranlar, keytering, franshiza va servis xizmatlari;
- oziq-ovqat ingredientlari va qo‘shimchalari;
- oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlash yechimlari;
- mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyalari va uskunalari.
Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 78−113−33−33.
Jadval
4dan 6-fevral 2027gacha