Anons
Comtrux Tashkent 2026 ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 16

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida Comtrux Tashkent 2026 xalqaro tijorat transporti ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Comtrux Tashkent Markaziy Osiyodagi tijorat transporti sohasiga bag‘ishlangan yirik tadbirlardan biri bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar uchun yangi texnologiyalar, transport vositalari hamda logistika yechimlarini namoyish etuvchi asosiy B2B platforma hisoblanadi.
Ko‘rgazma Automechanika Tashkent va Tashkent International Auto Show bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
Ko‘rgazma yo‘nalishlari:
- yengil va og‘ir tijorat transporti;
- avtobuslar;
- kuzovlar, tirkamalar va yarim tirkamalar;
- telematika, treking, navigatsiya va avtoparkni boshqarish tizimlari;
- ehtiyot qismlar va butlovchi detallar;
- texnik xizmat ko‘rsatish uskunalari va jihozlari;
- xalqaro yuk tashish xizmatlari.
Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 55−515−0522.
Jadval
21dan 23-oktabrgacha