Anons

“Eurasian Construction Technology Tashkent 2026” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 15
“Eurasian Construction Technology Tashkent 2026” ko‘rgazmasi

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida “Eurasian Construction Technology Tashkent 2026” xalqaro qurilish va konchilik texnikalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Eurasian Construction Technology qurilish va konchilik texnikasi, uskunalari hamda butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilarini bir maydonga jamlaydi. Tashkilotchilar ko‘rgazmani infratuzilma va yo‘l qurilishi loyihalari uchun mintaqadagi asosiy biznes platformalaridan biri sifatida taqdim etmoqda.

Tadbir Automechanika Tashkent va Comtrux Tashkent ko‘rgazmalari bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • yo‘l-qurilish va yuk tashish texnikalari;
  • quvur tizimlari va konchilik uskunalari;
  • yuk ko‘tarish mexanizmlari va ombor yechimlari;
  • kommunal texnika;
  • sanoat shinalari;
  • ehtiyot qismlar va butlovchi detallar;
  • servis, ijara va soha uchun moliyaviy xizmatlar.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 78−113−3333.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling