Anons
“IMTEX” xalqaro forumi
E’lon qilingan sana: · 61

CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida “Innovatsion materiallar va texnologiyalar” (IMTEX) xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
IMTEX yangi avlod materiallarini ishlab chiqaruvchilar va ishlab chiquvchilarni birlashtiruvchi platforma hisoblanadi. Forum doirasida innovatsion yechimlar ko‘rgazmasi, texnik konferensiya hamda sanoat korxonalari xaridorlari bilan biznes muzokaralari o‘tkaziladi.
9−10-dekabr kunlari forum 10:00 dan 18:00 gacha, 11-dekabr kuni esa 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.
Forum yo‘nalishlari:
- ChemTech — kimyoviy materiallar va texnologiyalar;
- CompositeTech — kompozit materiallar va polimerlar;
- AdhesiveTech — yelimlar va germetiklar;
- GlassTech — shisha va shisha texnologiyalari.
Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 91−785−1279.
Jadval
9dan 11-dekabrgacha