Anons
CCA Tashkent ochilishida “Hikmah” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 27

6-sentabr kuni Amir Temur shoh ko‘chasida joylashgan Zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent ilk tashrif buyuruvchilarini qabul qiladi. Markazning ochilishi “Hikmah” ko‘rgazmasi bilan boshlanadi. Ekspozitsiya donolik, ruh va materiyaning o‘zgarishi haqida.
Ko‘rgazmada o‘zbekistonlik va xorijlik rassomlarning asarlari namoyish etiladi, ularning ayrimlari ushbu zallar uchun maxsus yaratilgan. Ular orasida Tarik Kisvansonning po‘lat, smola va shisha tolalardan yaratilgan “Nest” haykali ham bor. Asar uya kabi ichkariga qarab o‘sib boruvchi shaklga ega.
Ko‘rgazma 2027-yil 31-yanvargacha davom etadi, markaz haftasiga olti kun ishlaydi.
Kirish bepul.
Batafsil — havolada.
Jadval
6-sentabr 2026dan 31-yanvar 2027gacha