Anons
Karlos Kasasning jonli audiovizual performansi
E’lon qilingan sana: · 33

ARTepa Gallery by Green University va Art Station DAVRA tadqiqot guruhi bilan hamkorlikda rassom va rejissyor Karlos Kasasning jonli audiovizual performansiga taklif qiladi.
Performans “Dala tadqiqotlari” arxividagi so‘nggi 25 yil davomida dunyoning turli hududlarida yaratilgan materiallar asosida tashkil etiladi. Rassom real vaqt rejimida tasvirlar, dala yozuvlari va atrof-muhit tovushlarini birlashtirib, doimiy o‘zgarib turadigan landshaftlar va ekotizimlarning hissiy xaritasini yaratadi.
Loyiha insonning atrof-muhit bilan munosabati, cho‘llanish, iqlim o‘zgarishi va ekotizimlarning transformatsiyasi kabi ekologik jarayonlarga bag‘ishlangan.
Kirish bepul.
Murojaat uchun: (+998) 95−020−9988.
Jadval
21-avgust
19:00