Anons
Haqiqiy makonida “Modernizm bog‘i” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 48

Haqiqiy art-makonida “Modernizm bog‘i” ko‘rgazmasi ochiladi.
Loyiha ishtirokchilari Toshkent me’morchiligi va shahar ramzlaridan ilhomlangan asarlar yaratgan. Aleksandra Koloning “Xotiralar proyektori” ishi “Panorama” kino san’ati saroyiga, Oli Visning “Mo‘l-ko‘llik kosasi” Chorsu bozoriga, Farangiz Tashtemirovaning “Yuksalish” asari esa Markaziy ko‘rgazmalar zaliga ishora qiladi. Boshqa rassomlar, jumladan, Yevgeniy Panov ham “Marvarid” loyihasi bilan o‘z ishlarini namoyish etadi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 29-avgust kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kirish bepul.
Jadval
29-avgust
18:00