Anons

“To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari — CAITME 2026” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 88
“To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari — CAITME 2026” ko‘rgazmasi

“O‘zekspomarkaz” MKKda 17-Markaziy Osiyo xalqaro “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari — CAITME 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 17 mamlakatdan 250 ta kompaniya va brend ishtirok etadi.

Ko‘rgazmada paxta tozalash va yigirish, bo‘yash va pardozlash, to‘quv va trikotaj, kiyim-kechak ishlab chiqarish uskunalari, shuningdek, to‘qimachilik kimyoviy moddalari va bo‘yoqlari namoyish etiladi.

9-sentabr kuni TextileExpo Uzbekistan Sourcing Hub loyihasi ham o‘tkaziladi. Unda to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari sun’iy intellekt yordamida raqamli formatda B2B muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

CAITME 2026 ko‘rgazmasiga tashrif buyurish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Murojaat uchun:(+998) 71−205−1414.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling