Anons

Machinery Central Asia 2026 ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 5
Machinery Central Asia 2026 ko‘rgazmasi

“O‘zekspomarkaz"da 18-Markaziy Osiyo xalqaro “Intellektual ishlab chiqarish, avtomatlashtirish va Industry 4.0” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar — Iteca Exhibitions va ICA Eurasia Group. Ko‘rgazmada ishlab chiqaruvchilar, texnologik yechimlar ishlab chiquvchilar, tizim integratorlari, injiniring kompaniyalari va startaplar jamlanadi. Unda sanoat avtomatlashtirish, robototexnika va raqamli platformalar sohasidagi yechimlar namoyish etiladi, joriy etish bo‘yicha amaliy misollar ko‘rib chiqiladi va maslahatlar beriladi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • intellektual ishlab chiqarish va raqamli texnologiyalar;
  • sanoat avtomatlashtirishi va boshqaruv tizimlari;
  • robototexnika va jarayonlarni avtomatlashtirish;
  • Smart Factory va Industry 4.0;
  • sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili;
  • sanoat elektronikasi va komponentlar;
  • injiniring, tizim integratsiyasi va raqamli servis;
  • kabel va o‘tkazgich mahsulotlari hamda materiallar.

Tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Murojaat uchun: (+998) 71−205−1414.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling