Anons

MiningMetals Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 2
MiningMetals Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi

“O‘zekspomarkaz"da “Konchilik, metallurgiya va metallga ishlov berish” 20-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar — Iteca Exhibitions va ICA Eurasia Group. Ko‘rgazmada 15 mamlakatdan 150 dan ortiq eksponent ishtirok etishi kutilmoqda. Germaniya va Xitoy kompaniyalari milliy pavilyonlarini olib keladi, Turkiya va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari keng namoyish etiladi. Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “Navoiyuran”, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va “O‘zmetkombinat” ham ishtirokini tasdiqlagan.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • foydali qazilmalarni boyitish;
  • ochiq va yerosti kon ishlari;
  • geologik qidiruv;
  • atrof-muhit;
  • axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish;
  • metallurgiya va mashinasozlik;
  • stanoksozlik mahsulotlari.

Ko‘rgazmaning ishbilarmonlik dasturidan UIMF 2026 xalqaro kon-metallurgiya forumi o‘rin olgan. Tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Murojaat uchun: (+998) 71−205−1414.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling