Anons

UIMF 2026 kon-metallurgiya forumi

E’lon qilingan sana· 2
UIMF 2026 kon-metallurgiya forumi

“O‘zekspomarkaz"da O‘zbekistonning sakkizinchi Xalqaro kon-metallurgiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Yilning asosiy mavzusi — “Resurslardan global imkoniyatlargacha”. Forumning ishbilarmonlik dasturida Markaziy Osiyoning yangi resurs arxitekturasi, kelajak metallari, MINING 5.0, intellektual geologik qidiruv, Junior Miningʻni rivojlantirish, investitsiya vositalari va yangi avlod metallurgiyasi muhokama qilinadi. Alohida sessiyalar energiya samaradorligi, ESG va kiberxavfsizlikka bag‘ishlanadi.

Forum MiningMetals Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi bilan bir maydonda o‘tkaziladi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Tashkilotchilar — Congresses of Central Asia va Iteca Exhibitions. Forum Konchilik sanoati va geologiya vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun: (+998) 71−205−1414.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling